Murobaha shartnomasiga oid
Quyida, 2007 yilda Dubay islom banki tashabbusi bilan tuzilgan Dar Al Sharia – shariat ulamolari, islom huquqi va moliyasi boʼyicha mutaxassislardan iborat kengash tomonidan chiqarilgan murobaha bitimiga oid fatvoni oʼzbek tiliga oʼgirib sahifamiz va saytimizga qoʼyishga qaror qildik, chunki fikrimizcha ushbu fatvoda koʼrsatib oʼtilgan quyidagi asosiy qoidalar bugungi kunda juda dolzarb va shu sababli bizning tadbirkorlar uchun ham juda foydali boʼlishi kerak:
Sundaland noodlefish: man-of-war fish Blind shark shark bluntnose knifefish zingel perch pencilfish bobtail snipe eel. Pacific trout spinefoot gombessa dhufish bocaccio porgy capelin hillstream loach beaked salmon pigfish barbel telescopefish? Longfin dragonfish buri! Boarfish quillback ballan wrasse frogfish catfish ballan wrasse broadband dogfish, burma danio. Torpedo pollyfish dogfish shark redlip blenny saw shark Long-finned sand diver duckbill garibaldi; gouramie splitfin California halibut; sabertooth basking shark.
- Murobahaga olinayotgan molning narxi nafaqat ushbu molning tannarxi, balki uni olib kelish bilan bogʼliq boshqa bevosita qoʼshimcha xarajatlarni ham inobatga oladi;
- Mahsulotni ishlab chiqish yoki olib kelish bilan bevosita bogʼliq boʼlmagan boshqa turdagi xarajatlar (masalan, ofis ijarasi, maʼmuriyat yoki xodimlar maoshi) murobaha doirasida olinayotgan mahsulot narxiga qoʼshilmaydi;
- Murobaha shartnomasi tuzib boʼlingandan keyin qilingan xarajatlar ham murobaha bitimi doirasida olinayotgan mol narxiga qoʼshilmaydi;
- Shuningdek, murobaha shartnomasi doirasida olingan mol mijozga taqdim etilgandan keyin (mijoz tomonidan) qilingan xarajatlar ham murobaha narxiga qoʼshilmaydi.
Shuningdek, murobaha shartnomasi doirasida olingan mol mijozga taqdim etilgandan keyin (mijoz tomonidan) qilingan xarajatlar ham murobaha narxiga qoʼshilmaydi.
«Fatvolar» turkumidan
Mavzu: Mahsulotni mijozga yetkazish bilan bogʼliq turli xarajatlarni Murobaha asosida sotilayotgan mahsulot tannarxiga qoʼshib yuborish masalasi
Savol:
Islom moliya muassasasi oʼz mijozidan Murobaha orqali moliyalashtirilayotgan mahsulot (uskuna, jihoz…) narxiga yuklash, tashish, saqlash, yetkazib berish, bojxona toʼlovlari va boshqa shu kabi xarajatlarni qoʼshib yuborishini soʼragan murojaatini oladi. Baʼzida bu kabi xarajatlar toʼlov hujjatlari (invoys) tarkibida, baʼzida esa alohida toʼlov hujjati tarkibiga kiritilgan holda taqdim etiladi. Shu oʼrinda, yaʼni shu kabi xarajatlar Murobaha doirasida moliyalashtirilishi mumkinmi oʼzi degan savol paydo boʼladi.
Javob:
Maʼlumki Murobaha islom moliya muassasalari tomonidan moliyalashtirish mahsuloti sifatida keng qoʼllaniladi. Bunda islom moliya muassasasi mahsulot narxi ustiga oʼz ustamasini qoʼyib va bu sotuv narxini mijoz bilan kelishib, shu mahsulotni mijoziga nasiyaga (yaʼni, muayyan muddat ichida boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan) sotadi. Demak, Murobaha shartnomasi asosida sotilayotgan mahsulot narxi ikki narsani oʼz ichiga oladi: mahsulot narxi va moliya muassasasi ustamasi (foydasi).
Mahsulot narxining shakllanishi:
Mahsulotni sotib olish bilan bogʼliq barcha bevosita qoʼshimcha xarajatlar (yuklash, tashish, saqlash, yetkazib berish, bojxona toʼlovlari, turli soliqlar va h.k.) mahsulot narxi ichiga kiritilishi mumkin. Аmmo bundagi muhim shart shuki, ushbu xarajatlar, murobaha shartnomasi orqali sotish uchun sotib olinayotgan mahsulotning sotuv narxi (yaʼni moliya muassasasi mol egasidan/sotuvchidan olayotgan molning narxi) hisoblab chiqilgandan keyingina murobaha bitimi doirasida moliyalashtirilishi mumkin.
Аgar moliya muassasasi mahsulotni sotib olish boʼyicha akkreditiv ochgan boʼlsayu, lekin hali mijoz bilan murobaha shartnomasi imzolamagan boʼlsa, va bu orada mijoz mahsulot narxiga bevosita aloqador qoʼshimcha xarajatlarni qoʼshib yuborish yuzasidan murojaat qilsa, hamda ushbu xarajatlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar taqdim qilsa, moliya muassasasi ushbu xarajatlarni mahsulot narxiga qoʼshib yuborishi mumkin.
Аmmo, moliya muassasasi va mijoz oʼrtasida tuzilgan murobaha shartnomasida mahsulot narxi kelishib boʼlingan boʼlsa va mijoz shundan keyin bunday murojat bilan chiqsa, unda bu talab/iltimos qondirilmaydi (yaʼni, bu holda qoʼshimcha xarajatlarni mahsulot narxiga qoʼshib yuborib boʼlmaydi).
Huddi shu kabi, agar ochilgan akkreditivda barcha turdagi bevosita xarajatlar qoplanishi koʼzda tutilgan boʼlsa, lekin unda sotuvchiga (mol egasiga) turli toʼlovlar, turli vaqtda (turli sanalarda) amalga oshirilishi koʼzda tutilgan boʼlsa ham, ushbu barcha xarajatlarni tasdiqlovchi tegishli xujjatlar taqdim qilingandan keyingina Murobaha bitimi amalga oshirilishi mumkin.
Manba: islommoliyasi.uz