Islom moliyasi tamoyillarga mos mahsulot va xizmatlarni taklif qiluvchi islom moliya muassasalari mustaqil Islom moliyasi kengashi sifatida faoliyat yurituvchi kengash tomonidan boshqarilishi kerak. Bu Kengash islom moliya muassasasiga bo'lgan ishonchni oshiradi va bunday muassasa tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar va amalga oshirilayotgan faoliyatlar Islom huquqi talablariga mos kelish-kelmasligini rasmiy tasdiqlaydi.
Islom moliyasi kengashi Islom moliya muassasalari umumiy boshqaruv mexanizmining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday kengash Islom moliyasi asosida xizmat ko'rsatuvchi muassasa faoliyatining barcha sohalarini muayyan mezonlariga muvofiq faol ravishda nazorat qilish uchun javobgardir.
Islom moliyasi kengashi muomala fiqhi yoki Islomda ijtimoiy munosabatlar fiqhi bo'yicha ixtisoslashgan ekspertlardan tarkib topgan mustaqil organ sanaladi. Ayrim yurisdiktsiyalarda iqtisodchilar, buxgalterlar, huquqshunoslar va boshqa shu kabi texnik mutaxassislarni Islom moliyasi kengashi tarkibiga kiritishga ham ruxsat beriladi.
Muhammad Ayyubxon Homidov
KENGASH RAISIO‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ulamosi, Toshkent islom instituti katta ustozi
Ma'lumoti
Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini, 2003 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Islomshunos, imom-xatib, manbashunos-tarixchi
Chet tillarini bilish
Arab, fors, turk va rus tillari
Tajribasi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining peshqadam shogirdlaridan biri, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom oliy ma’hadining sobiq mudiri.
1995-2007 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida katta o‘qituvchi, 2007-2009 yillar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida rektorlik vazifasida ishlagan.
Hozirda o‘ndan ortiq kitoblari nashrga tayyorlanmoqda. Bir qancha kitoblarga mas’ul muharrirlik qilgan, taqriz va tavsiyalar bergan.
Alisher Sultonxo'jaev
Kengash A’zosiToshkent Islom Instituti o‘qituvchisi, kitoblar muallifi
Ma'lumoti
Oliy. 2011 yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, 2018 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavr bosqichini, 2021 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistratura bosqichini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: islomshunos, imom-xatib, arab tili o'qituvchisi
Chet tillarini bilish
Arab, rus, ingliz va turk tillari
Tajribasi
2011-2013 yillarda Toshkent shahar, Olmazor tumani, “Ibrohimboy-Orifjonboy” mahalliy masjidi imom-xatibi bo'lib ishlagan.
2012-2014, shuningdek 2018-2020 yillarda Toshkent islom instituti “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib borgan.
Yahyobek Razzoqov
Kengash A’zosiIslomshunos, iqtisodchi, arabshunos. Toshkent Islom Instituti o’qituvchisi. Toshkent Moliya Instituti va Toshkent Islom Institutini tamomlagan.
Ma'lumoti
Ikkita oliy maʼlumotga ega. 1998 yilda Toshkent Moliya Institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Ikkinchi oliy ma’lumotni islomshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2007 yilda Toshkent islom institutini tamomlagan.
Chet tillarini bilish
Arab tili
Tajribasi
Hozirda islom islomshunoslik bilan shug‘ullanadi, arab tilidan dars beradi, imom-xatib hamdir. Bir necha yildan buyon “Hidoya” kitoblari va Muhammad Taqi Usmoniy “Buxus fiy kazaya muassira” (“Zamonaviy masalalar bo‘yicha tadqiqot”) asarlaridan ma’ruzalar o‘qiydi. Muhammad Taqiy Usmoniyning "Fiqhul Buyu' " ("Savdo Fiqhi") kitobini arab tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgan.
Murod Umarxodjayev
Kengash A’zosiIslomshunos, iqtisodchi, Fiqh fani o’qituvchisi
Ma'lumoti
Ikkita oliy ma’lumotga ega. 2008-yilda Toshkent Kimyo-Texnologiya Institutini iqtisodchi-menejer mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2020-yilda Toshkent Islom Institutini islomshunoslik, imom-xatib va arab tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2012-2016 yillarda “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida ta’lim olgan.
Chet tillarini bilish
Arab tili, rus tili va turk tili.
Tajribasi
2011 yildan boshlab asosiy faoliyati buxgalteriya hisobi bo'lib kelgan. Toshkent Islom Institutida dars bergan.
Mirjalol Qosimov
Kengash A’zosiO'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Vaqf" xayriya jamoat fondining Xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo'limi boshlig'i.
Ma'lumoti
Islomshunoslik fanlari bo‘yicha doktorlik (PhD) darajasiga ega. 2015 yilda Toshkent Islom Institutini tamomlagan. 2017 yilda Toshkent Islom Universitetini magistraturasini tamomlagan. Doktorlik darajasini O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: islomshunos, imom-xatib va arab tili o‘qituvchisi, islom tarixi va manbashunosligi.
Chet tillarini bilish
Ingliz tili, arab tili, rus tili va fors tili.
Tajribasi
2017-2018 yillar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlar bo‘limi mutaxassisi bo’lgan. 2021 yilda: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Al-Jome’ As-Sahih” to‘plami hadislarining zamonaviy talqinini yaratish amaliy grant loyihasiga kichik ilmiy xodimi. 2023 yilda: Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2023 yildan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i bo’lib ishlaydi.