img

Yuridik kengash

Xulosa va yechimlarni qonunchilikka mosligini, soliq optimizatsiyani ta'minlash

img
Yuridik kengash

Jamshid Usmanov

"Constant" yuridik firmasi direktori

Ma'lumoti

Oliy. 2004 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Tajribasi

19 yillik yuridik mehnat stajiga ega.
Faoliyatining asosiy yo‘nalishi - tadbirkorlik faoliyatiga kompleks huquqiy xizmatlar ko‘rsatish, sudlarda iqtisodiy va ma’muriy (ommaviy huquqiy) nizolarda tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish.
Savdo, moliya, qurilish, ishlab chiqarish, eksport-import sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga huquqiy xizmat ko‘rsatib keladi.
O‘zbekistonda islom moliyasini joriy qilish bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etgan

img
Yuridik kengash

Nodir Rajabov

«ENTER Engineering Pte. Ltd.» kompaniyasining yuridik boshqarmasi boshlig’i. “Philosophy of Justice” Xalqaro tijorat hakamlik sudida sudya.

Ma'lumoti

Oliy. 2002 yilda Samarqand davlat universtitetining yuridik fakultetinini tamomlagan.

Chet tillarni bilishi

Rus tili, Ingliz tili, Koreys tili.

Tajribasi

20-yillik yuridik tajribaga ega.
«ENTER Engineering Pte. Ltd.» kompaniyasining yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida va «Philosophy of Justice» Xalqaro tijorat hakamlik sudida sudya lavozimida mehnat faoliyatini olib borayapti. Qurilish va pudrat ishlari bilan bog‘liq huquqiy nizolar bo‘yicha yetuk mutaxassis hisoblanadi.

img
Yuridik kengash

Shohruh Husanov

"Philosophy of Justice" xalqaro arbitraj sudi rahbari

Ma'lumoti

Oliy. 2002 yilda Samarqand davlat universtitetining yuridik fakultetinini, 2008 yilda Nagoya universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

Tajribasi

20 yildan ortiq yuridik mehnat tajribasiga ega. Hozirda «SAM LEX UNIVERSALIS» advokatlik firmasi boshqaruvchi sherigi, advokat bo'lib faoliyat yuritmoqda.

docxfilePDF