Konsalting
Islom moliyasiga oid zamonaviy amaliyot, xalqaro standartlar va fundamental bilimga asoslangan malakali konsalting xizmatlari
- ✓ Sherikchilik, savdo, ijara kabi shartnomalarni Islom moliyasi va qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish
- ✓ Moliya muassasalarida "Islom darchalari" ochish uchun strategik yechimlar taqdim etish
- ✓ Lizing, takoful – sug'urta, fintek kompaniyalari, investitsiya fondlari uchun maslahat xizmati
Islom moliyasi kengashi
Xalqaro standartlarga muvofiq markaziy banklar, Islom banklari va darchalari, takoful – sug'urta korxonalari hamda boshqa Islom moliya muassasalari uchun ekspertlardan iborat maxsus kengash xizmatlarini taqdim etish
- ✓ Moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish (strukturalash)
- ✓ Islom moliyasi tamoyillariga mos mahsulotlarni baholash va tasdiqlash
- ✓ Islom moliyasi qoidalariga moslik to'g'risida xulosa va sertifikatlar berish
- ✓ Islom moliyasiga aloqador savollarga javob berish
Audit va sertifikatsiya
Mijozlaringiz ishonchi va shaffoflikni ta'minlash maqsadida faoliyatning barcha jabhalarini tekshirish, audit xulosasi va sertifikat berish
- ✓ AAOIFI standartlari asosida tizimli va davriy tekshiruvlar o'tkazish
- ✓ Moliyaviy mahsulotlaringizdagi kamchilik va nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish
- ✓ Mijozlaringiz ishonchi hamda shaffoflikni ta'minlash, biznes imidjingizni oshirish
Nizolarni hal qilish - hakamlik
Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan nizolarni ham O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ham Islom moliyasi talablarga asosan hal qilish
- ✓ Malakali huquqshunoslar va Islom moliyasi ekspertlari tomonidan masalalarni atroflicha o'rganish va adolatli qaror chiqarish
- ✓ Taraflar orasidagi kelishuv va hamkorlikni imkon qadar saqlab qolish
- ✓ Muhokamaning maxfiyligini kafolatlash
- ✓ Qaror ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni tegishli tartibda majburiy ijroga yo'naltirish
Ta'lim
Islom moliyasi, xalqaro standartlar, moliya-buxgalteriya bo'yicha ta'lim va treninglar
- ✓ AAOIFI Islom moliyasi xalqaro standartlari asosida tadbirkorlar uchun treninglar
- ✓ Moliya muassasalari – banklar, sug'urta va mikromoliya tashkilotlari xodimlari uchun maxsus kurslar
- ✓ Sayohat va ta'lim, chet eldagi hamkor tashkilotlar bilan qo'shma ta'lim va tajriba almashish dasturlari
Zakot hisob-kitobi
Korxona, moliya muassasalari ta'sischilari va tadbirkorlar uchun zakot hisob-kitobi
- ✓ Turli boyliklar, mulk, berilgan va olingan qarzlarni inobatga olib, zakotni to'g'ri hisoblash
- ✓ Zakotni yig'ish, taqsimlash va tasarruf etish bo'yicha mutaxassis ko'rsatmalari