img

Sukukning tasnifi: Oʼzaro oʼxshash va farqli jihatlari

img

Sukuk ayrim turlarining oʼzaro oʼxshash va farqli jihatlari

Sukuk turlari Mushoraka sukuki Mudoraba sukuki Murobaha sukuki Ijara sukuki Salam sukuki
Mohiyati Boshqaruv va sof foydada sherikchilik Sof foydada sherikchilik Muddatli (debitor) qarzdorlik Muddatli (debitor) qarzdorlik Muddatli (debitor) qarzdorlik
Boshqaruvda ishtiroki Mavjud Mavjud Emas Mavjud Emas Mavjud Emas Mavjud Emas
Foydasi Sof foydadan ulush Sof foydadan ulush Sukuk osti aktivi uchun jami davriy toʼlovlar va nominal narxi oʼrtasidagi farq Ijara uchun davriy toʼlov Mahsulotni va nominal narxi oʼrtasidagi farq
Foydaning avvaldan maʼlumligi Maʼlum emas Maʼlum emas Maʼlum Maʼlum Maʼlum Emas (chunki salam shartnomasi doirasida olingan mahsulotning bozor narxi qancha boʼlishini oldindan bilib boʼlmaydi)
Toʼlov Davriy Davriy Davriy Davriy Bir Marotaba
Soʼndirilish muddati Kelishuv muddatida Kelishuv muddatida Soʼnggi toʼlov doirasida Kelishuv muddatida Mahsulotni sotishdan tushgan puldan
Soʼndirilish narxi Loyihaning bozor narxi Loyihaning bozor narxi Soʼndirish uchun alohida toʼlov mavjud emas Аktivning bozor narxi Mahsulotning bozor narxi
Qanday aktiv bilan qoplanganligi Loyiha doirasidagi Loyiha doirasidagi Oldi-sotdi jarayonidagi Ijara doirasidagi Kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulot
Ikkilamchi bozordagi savdosi Mumkin Mumkin Mumkin Emas Mumkin Mumkin Emas

Sukuk turlari orasida oʼzaro mos keluvchi jihatlarini uchratish mumkin. Ular oʼrtasidagi farq amal qilish mexanizmida yaqqol namoyon boʼladi. Har biri alohida solishtirilganda turlicha ishlovchi sertifikatlar oʼrtasidagi farqni yanada aniqroq tushunish imkoniyati yuzaga keladi (1-jadval). Аnʼanaviy qimmatli qogʼozlardan ham farq qiluvchi alohida ajratib koʼrsatish mumkin boʼlgan jihatlaridan murobaha sukukida alohida soʼndirilish narxining mavjud emasligi, salam sukukida davriy toʼlovlar mavjud boʼlmay, hammasi birgina soʼndirilish bilan yakunlanishi va bu ikki turdagi qimmatli qogʼoz bilan ikkilamchi bozorda oldi-sotdi qilib boʼlmaslik kabilarni keltirib oʼtish mumkin.

Sukuklar boʼyicha ayrim maʼlumotlarni keltirib oʼtishga harakat qildik. Barcha maqolalar ketma-ketligidan oʼquvchilarimizda sukuklar borasida oz boʼlsada tasavvur hosil boʼlgan deb umid qilamiz. Va bu tasavvurni boyitish uchun quyidagi jadvalni ham keltirishni lozim deb topdik. Unda siz sukukning oddiy aktsiya va obligatsiya bilan oʼxshash hamda farqli jihatlari haqida maʼlumot olasiz.

Sukukning oddiy aktsiya va obligatsiya bilan oʼxshash hamda farqli jihatlari

Qimmatli qogʼoz turi Oddiy aktsiya Sukuk Obligatsiya
Chiqarish shakli Emissiyaviy qimmatli qogʼoz Emissiyaviy qimmatli qogʼoz Emissiyaviy qimmatli qogʼoz
Korporativ boshqaruvdagi ishtiroki Boshqaruv va daromadda ishtirok etadi Turiga koʼra: toʼliq ishtirok, sof foydaga sherik, qarz majburiyati Faqat qarz majburiyatini yuklaydi
Muomala muddati Mavjud emas Mavjud Mavjud
Investor foydasi Dividend Sof foydadan ulush yoki kechiktirilgan ustama toʼlov Kafolatlangan foiz stavkasi
Nominal qiymatining qaytishi Kafolatlanmagan Kafolatlanmagan Kafolatlangan
Nominal va soʼndirilish qiymati oʼrtasidagi farq ehtimoli Mavjud Mavjud Mavjud emas
Аktiv bilan qoplanganligi Qoplangan Qoplangan Turiga koʼra
Kontseptual asoslari Inson tafakkuri Shariat Inson tafakkuri
Tartibga solinishi Normativ huquqiy hujjatlar Shariat, normativ huquqiy hujjatlar Normativ huquqiy hujjatlar
Moliyalashtirish sohasi Ixtiyoriy Shariatga Muvofiq Ixtiyoriy
Ikkilamchi bozordagi savdosi Mumkin Turiga koʼra: mumkin; mumkin Emas Mumkin

Muallif: Sirojiddin Аbrorov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Moliya” kafedrasi dotsenti,

iqtisodiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)

Manba: islommoliyasi.uz

docxfilePDF