Исследования и статьи
Разделы
Tadbirkorlik odobi
Kecha bir yigit bilan gaplashib qoldim. Ijaraga doʼkon yuritar ekan. Koronavirus sababli savdo pasayganini aytib, doʼkon egasi vaziyatni tushunsa yaxshi boʼlardi, shu kunlarda ijara pulini yigʼish qiyin boʼlyapti. Vaziyat yaxshilashgunga qadar biroz yengillik qilib tursa yoki muhlat bersa yaxshi ish boʼlardi-da, dedi. …
Zakotning insoniy va ijtimoiy ahamiyati
Islom dinining ustunlaridan biri hisoblangan zakot Allohning o‘z bandalari uchun farz qilgan amallaridan. Zakot shaxsiy ehson yoki ixtiyoriy sahovat emas, balki boylar uchun Alloh tomondan belgilangan majburiy moliyaviy ibodatdir.
Zakot, fitr va fidya: Nima? Qancha? Kimga?
Maʼlumki Ramazon oyida, asosan, uch turdagi moliyaviy ibodat amalga oshiriladi. Bular zakot, fidya va fitrdir. Quyida yana bir bor ushbu ibodatlar haqida maʼlumot berib o‘tmoqchimiz.
Zakotni oldindan to‘lash
Aksariyat olimlarning fikriga ko‘ra, hozirgi koronavirus bilan bog‘liq inqirozni yumshatish uchun zakotni muddatidan oldin to‘lash mumkin (baʼzi olimlar qo‘shimcha shartlar qo‘yishgan bo‘lsada, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abbos (r.a)ga zakotni oldindan to‘lashga ijozat berganlar (Termiziy rivoyati).
Zakot nima? Uning miqdori qancha va nega faqat Ramazon oyida beriladi?
Har safar Ramazon oyi kirib kelishi bilan odamlar orasida “Hamma musulmonlarga ham zakot majburiymi, uning miqdori qancha, zakot olishga kimlar haqli? Men qancha mablag‘ berishim kerak? Mol-mulkimning nisobini qanday chiqarsam bo‘ladi?
Vaqf tushunchasi haqida
Hurmatli sahifamiz aʼzolari, bugundan sizlarni islom ijtimoiy moliyasi mahsulotlari bilan tanishtirishni boshlamoqchimiz. Biz avvalroq asosiy islom ijtimoiy mahsuloti boʼlmish zakot va fitr sadaqasi haqidagi bir qancha maqola va maʼlumotlarni sahifamiz va saytimiz orqali sizlarning eʼtiboringizga havola qilgan edik, endi esa yana bir muhim islom ijtimoiy moliyasi mahsuloti boʼlgan vaqf bilan sizlarni tanishtirishni boshlamoqchimiz.
Muzoraba haqida ilk tushunchalar
Аlloh taolo, oʼz hikmati va adolati bilan insonlar orasida iqtidor va boylikni taqsimlagandir. Jamiyatimizda koʼpdan-koʼp oʼz sohasining mutaxassislari boʼlgan, zakovat, tajriba va ilm egalari bor, shu bilan birga boylik-sarmoya egalari ham borki, ular tajriba kamligi, vaqt tanqisligi, maʼlum bir soha mutaxassisi emasliklari yoki yana biror boshqa sabablar tufayli u yoki bu biznes loyihani amalga oshirish imkoniyatlari yoʼq.
Mushoraka tushunchasi
Islom moliyasi haqida soʼz ketganda MUShORАKА atamasi asosan moliyalashtirish bilan bogʼliq holda qoʼllaniladi. “Mushoraka” atamasi “shirkat” oʼzagidan olingan. “Shirkat” atamasi islom huquqshunosligida keng qoʼllaniladi va uning maʼnosi ham “mushoraka”ga qaraganda kengroq. Quyida ushbu asosiy tushunchalarning maʼnosini koʼrib chiqamiz.
Murobaha: Kirish
Murobaha bugungi kunda islom moliya muassasalari tomonidan tadbirkorlik/tijorat loyihalarini moliyalashtirish uchun keng qoʼllaniladi, vaholanki murobaha dastlab islom fiqhida faqat savdo shartnomasi turi sifatida maʼlum boʼlgan va moliyalashtirishga umuman aloqasi boʼlmagan.
Istisna' shartnomasi
Salam shartnomasi kabi mahsulot paydo boʼlishidan oldin uning oldi-sotdisi amalga oshiriladigan yana bir shartnoma/tijorat turi Istisna deb ataladi. Bunda buyurtmachi mijoz/xaridor ishlab chiqaruvchi (yoki quruvchi) tashkilotga muayyan mahsulotni ishlab chiqarish (yoki biror inshootni qurib berish) buyurtmasini beradi.
Salam savdosi
Salam savdosi nasiya molni naqd bahoga sotishlik yoki zimmasiga vojib boʼlgan narsani naqd bahoga sotishlik. Yaʼni molning narxi avvaldan berilib evaziga beriladigan molni keyinchalik maʼlum bir muddatda olishga kelishishdir.
Ijara: Kirish
«Ijara» – bu islom fiqhiga oid atama boʼlib, lugʼaviy maʼnosi «biror nimani ijaraga berish»dir. Islom huquqshunosligida «ijara» atamasi ikkita holatda qoʼllanadi. Birinchisi, «ish haqi evaziga yollangan shaxsning xizmatidan foydalanish» maʼnosini beradi.
Sukukning tasnifi
Sukuk turlari orasida oʼzaro mos keluvchi jihatlarini uchratish mumkin. Ular oʼrtasidagi farq amal qilish mexanizmida yaqqol namoyon boʼladi. Har biri alohida solishtirilganda turlicha ishlovchi sertifikatlar oʼrtasidagi farqni yanada aniqroq tushunish imkoniyati yuzaga keladi (1-jadval).
Takoful nima?
Insonlarning barcha turdagi faoliyatlari koʼzda tutilmagan voqea-hodisalar sabab vujudga keladigan turli yoʼqotishlar, zararga uchrash xavf-xataridan holi emas. Yakka shaxslar va kompaniyalar har doim kutilmagan holatlardan oʼzlarini muhofaza etishga urinishlari nafaqat tabiiy holat sifatida, balki shariatga muvofiq boʼlgan jarayon deb qaraladi.